Dunyoning eng yaxshi 100 ta oshxonasi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Bu qiziq
−
16 dekabr 2023
36286“TasteAtlas” nufuzli internet portali 2023 yil uchun “Dunyoning 100 ta eng yaxshi oshxonasi” reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston 76-o‘rinda qayd etildi.
Eng yaxshilar mijozlar tomonidan e’tirof etilgan 395 mingdan ortiq taomlar nomi va 115 mingdan ortiq xo‘randalarning qo‘ygan bahosi asosida tanlangan.
Birinchi o‘rinni Italiya milliy oshxonasi band etgan bo‘lib, taomnomadagi pitssa, rizotto, talyatelle, pasta va ravioli kabi taomlarga yuqori baho berilgan. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya oshxonasi sushi, ramyon, sashimi, yakitori va mochi kabi taomlari bilan qo‘lga kiritgan. Gretsiya giros, suvlaki, mussaka, salat va pastitsio kabi ovqatlariga qo‘yilgan yuqori ballar evaziga uchinchi o‘ringa munosib topilgan.
O‘zbekiston ushbu ro‘yxatida Kubadan keyin, Ozarbayjondan bir pog‘ona oldin – 76-o‘rinni egallagan.
Shuningdek, reytingda Turkiya –15, Qozog‘iston –90, Qirg‘iziston oshxonasi esa 92-o‘rinda ko‘rsatilgan.
Qolgan qo‘shnilarimiz Afg‘oniston, Turkmaniston va Tojikiston ro‘yxatda mavjud emas.
Jadvalning so‘nggi, 100-o‘rnini G‘arbiy Afrikaning, Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida joylashgan Gana Respublikasi naqd qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yevropaning “eng baxtsiz” davlatlari ro‘yxati e’lon qilingandi.
LiveBarchasi