Futbolning eng ko‘p tituliga ega futbolchisi qamaldi. U maxbuslarga o‘rnak bo‘lmoqda
Sport
−
30 yanvar 2023
18058Zo‘ravonlikda ayblanayotgan braziliyalik futbolchi Dani Alves qamoqda ko‘proq muddatga qolib ketishi mumkin. Bu haqda “La Vanguardia” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi qamoqxonada namunali xulqi bilan boshqa mahbuslardan ajralib turgan. 26 yanvar kuni Alves qamoqxonada futbol o‘yinida ham ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, futbolchiga kamerada eski tanishi Koutino sherik bo‘ladi. Koutino qamoqxonada “Barselona”ning sobiq hujumchisi Ronaldinoning qo‘riqchisi bo‘lib ishlagan.
Dani Alves 20 yanvar kuni hibsga olingandi. U Barselonadagi tungi klublardan birida 23 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda. 39 yoshli futbolchi 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Alves – dunyoning eng ko‘p titulini qo‘lga kiritgan futbolchisi. U Fransiya, Italiya, Ispaniya chempionatlarida g‘olib bo‘lgan va shu mamlakatlarning milliy kuboklarini ham qo‘lga kiritgan. Braziliya terma jamoasi tarkibida himoyachi Olimpiya o‘yinlari va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, ikki martadan Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi