Dunyoning “eng kir odami” cho‘milganidan so‘ng vafot etdi
Bu qiziq
−
26 Oktabr 2022
55026Eronda dunyoning “eng kir odami” sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan shaxs 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, umrining katta qismida, ya’ni 70 yildan ko‘proq vaqt davomida cho‘milmagan Amu Hoji ismli shaxs Eronda 94 yoshida vafot etgan. Qiziqarli tarafi shundaki, u dush qabul qilganidan so‘ng vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u cho‘milmaslik uni kasallikdan himoya qilishga yordam berishiga ishongan. U tirnoqlarini toshga o‘tkirlab, soqolini olov yordamida kaltalatgan.
Shuningdek, 2013 yilda uning hayoti haqida “Amu Hojining g‘aroyib hayoti” nomli qisqa metrajli hujjatli film suratga olingan.
LiveBarchasi