Dunyoning eng katta samolyoti eng uzoq parvozini amalga oshirdi

Texnologiya

image

Joriy yilning 13 yanvar kuni AQSHning Stratolaunch Systems kompaniyasiga tegishli dunyodagi eng katta Roc (Stratolaunch Model 351) samolyoti ikkinchi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda “3dnews” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot 13 yanvar kuni ertalab Kaliforniya janubi-sharqidagi Moxave cho‘lida joylashgan ayerokosmik portdan havoga ko‘tarilgan va olti soatdan keyin mahalliy vaqt bilan 17:51 da yerga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Stratolaunch vakillarining so‘zlariga ko‘ra, parvoz vaqtida samolyot 6860 metr balandlikka ko‘tarilgan. 

Stratolaunch bosh direktori va prezidenti Zaxari Krevor sinovlar jadvalidagi muvaffaqiyatni qayd etib, kompaniya keyingi bosqichga juda yaqin ekanligini ta’kidladi.

“Bizning ajoyib jamoamiz sinov vaqt jadvalida muvaffaqiyat qozonishda davom etmoqda va ularning mashaqqatli mehnati tufayli biz xavfsiz ajralish va birinchi gipertovushli parvoz sinovlariga har qachongidan ham yaqinlashmoqdamiz. Biz bu yil oldinda nimalar bo‘lishidan xursandmiz, chunki biz mijozlarimiz va xalqimiz uchun gipertovushli parvoz sinovi xizmatini onlayn tarzda taqdim etamiz”, deydi Zaxari Krevor o‘z bayonotida. 

Ma’lumot uchun, Roc yuk tashuvchi samolyot bo‘lib, uning qanotlarining uzunligi 117 metrni tashkil etadi. U jami 28 ta g‘ildirak bilan ta’minlangan ikki korpusli konfiguratsiyaga ega. Uning nomi Sinbad haqidagi afsonadagi hatto filni ham ko‘tara oladigan ulkan qush “Roc” sharafiga qo‘yilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eng katta samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar