Dunyoning eng katta kruiz kemasi dengizga tushirildi (fotoreportaj)
Bu qiziq
−
11 iyul 2023
37376“Royal Carribian International” kompaniyasi dunyodagi eng katta kruiz (sayohat kemasi)ni foydalanishga topshirdi. Bu haqda CNN ma’lum qildi.
Dunyodagi eng yirik kruiz bo‘lishi kutilayotgan bu kema Finlyandiyadagi kemasozlik zavodida qurilishini yakunladi va dengizga sinov tariqasida birinchi marta chiqarildi. Unga “ Icon of the Seas” (“Dengizlar ma’budasi”) deb nom berilgan. Kemaning uzunligi 365 metr (deyarli 1200 fut), taxminiy og‘irligi 250 800 tonnani tashkil qiladi. Bu afsonaviy “Titanik” og‘irligidan 5 baravar ko‘p.
“Royal Carribian International” bayonotiga ko‘ra, kema o‘zining birinchi dengiz sinovlarini 22 iyun kuni yakunladi. U 2024 yil yanvar oyida Karib dengizi suvlariga suzib chiqadi va 5610 yo‘lovchi hamda 2350 ekipaj a’zosini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Yo‘lovchilar oltita rekord darajadagi suv attraksionlari, yettita basseyn va to‘qqizta jakuzili hovuzda dam olishi mumkin. Kema, shuningdek, dunyodagi eng katta dengizdagi akvaparkga ega.
“Biz uni oilaviy ta’til sayohatlari uchun mo‘ljallamoqdamiz. Ushbu kemani yaratish uchun hayratlanarli darajada ko‘p kuch va vaqt sarflandi”, deydi kompaniya prezidenti Maykl Beyli.
Shuningdek, “Icon of the Seas” “Royal Carribian International” kompaniyasining suyultirilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan birinchi kemasi bo‘lib, u kompaniyaning toza energiyaga o‘tishida yana bir qadamdir.
Kruiz Finlyandiyaning Turku shahridagi Yevropaning yetakchi kema ishlab chiqaruvchilarIdan biri bo‘lgan “Meer Turku” kemasozlik zavodida qurilmoqda. Beylining so‘zlariga ko‘ra, kema 2024 yilgi debyuti oldidan Karib dengizi Qirollik flotiga qo‘shilish uchun yo‘lga otlangan.
Kema haqidagi shov-shuvlar shu darajadaki, dastlabki sotuvlar rekord darajaga yetdi.
“U biz shu vaqtga qadar ishlab chiqargan eng yaxshi mahsulot”, deydi Beyli.
Ma’lumot uchun, 2024 yildan boshlab “Icon of the Seas” butun yil davomida Mayamidan Sharqiy va G‘arbiy Karib dengizi bo‘ylab yetti kechalik safarga chiqadi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi