Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari e’lon qilindi
Sport
−
06 Sentabr 2022
7791Angliyaning “Manchester Siti” klubi hozirgi tarkibidagi futbolchilarni sotib olishga qolgan barcha jamoalarga nisbatan ko‘p pul sarflagan. Bu haqda CIES Football Observatory tadqiqotlar markazi (International Centre for Sports Studies) ma’lum qilmoqda.
Qayd etish kerakki, ushbu reytingga Yevropaning tarkibiga eng qimmat pul ketkazgan jamoalari kiritilgan. Ularning transfer harajatlari bonuslarsiz va bonuslar bilan ko‘rsatilgan.
Ikkinchi o‘rindan “Siti”ning hamshahari “Manchester Yunayted” joy olgan. “Qizil iblislar” hozirgi futbolchilari uchun umumiy hisobda 1,001 milliard yevro xarajat qilgan.
E’tiborli jihati shundaki, uchinchi eng qimmat natija ham ingliz klubiga tegishlidir. Londonning “Chelsi” klubi transferlar uchun 881 million yevro ishlatgan.
Ispaniyaning ikkita grand klubi “Real Madrid” va “Barselona” mos ravishda 6 va 7-o‘rinni band etib turibdi.
Hozirgi tarkibini sotib olish uchun eng ko‘p pul sarflagan 15 ta klub bilan tanishing:
1. “Manchester Siti” (bonuslarsiz 1,013 milliard yevro / bonuslar bilan 1,064 milliard yevro);
2. “Manchester Yunayted” (852 million yevro / 1,001 milliard yevro);
3. “Chelsi” (812 million yevro / 881 million yevro);
4. PSJ (772 million yevro / 847 million yevro);
5. “Liverpul” (662 million yevro / 777 million yevro);
6. “Real” (637 million yevro / 721 million yevro);
7. “Barselona” (493 million yevro / 626 million yevro);
8. “Arsenal” (487 million yevro / 534 million yevro);
9. “Tottenxem” (423 million yevro / 519 million yevro);
10. “Atletiko” (472 million yevro / 502 million yevro);
11. “Bavariya” (439 million yevro / 499 million yevro);
12. “Nyukasl” (429 million yevro / 481 million yevro);
13. “Yuventus” (410 million yevro / 473 million yevro);
14. “Vest Xem” (362 million yevro / 423 million yevro);
15. “Aston Villa” (350 million yevro / 397 million yevro).
LiveBarchasi