Dunyoning eng qimmat brendi ma’lum bo‘ldi
Texnologiya
−
23 Oktabr 2021
11382“Interbrand Corp”ning 2021 yilgi tadqiqotlariga ko‘ra, Apple ketma-ket to‘qqizinchi marta “yil brendi” deb topildi. U o‘tgan yildan beri 26 foizga ya’ni 408,25 mlrd dollarga qimmatlashgan.
Shuningdek, Amazon brendi 2021 yil 24 foiz (249,25 milliard dollar)ga oshib, avvalgi ikkinchi o‘rindagi o‘rnini saqlab qoldi. Uchinchi o‘rin narxini 27 foiz (210,2 milliard dollar)ga oshirgan Microsoft’ga va to‘rtinchi o‘rin narxi 19 foiz (196,8 mlrd dollar)ga oshgan Google brendiga nasib qildi.
Top-10 talikka quyidagi brendlar ham kirdi:
5. Samsung (+20 foiz, 74,635 mlrd)
6. Coca-Cola (+1 foiz, 57,488 mlrd)
7. Toyota (+5 foiz, 54,107 mlrd)
8. Mercedes-Benz (+3 foiz, 50,866 mlrd)
9. McDonald's (+7 foiz, 45,885 mlrd)
10. Disney (+8 foiz, 44,183 mlrd.).
2020 yilga nisbatan eng qimmatlagan brend Tesla (+184 foiz, 36,27 mlrd) 26-o‘rindan 14-pog‘onaga ko‘tarildi.
LiveBarchasi