Dunyoning eng hayratlanarli tashlandiq “arvoh” shaharlariga sayohat (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Dunyoda shunday qishloq va shaharlar mavjudki, bir vaqtlar gullab-yashnagan bo‘lsada, hozirga kelib turli sabablarga ko‘ra tashlandiq holga kelib qolgan. Ba’zilari urush paytida vayron  qilingan, ba’zilari esa qimmatbaho metall va minerallar yetkazib beruvchi hududga aylangan. Ularning bo‘m-bo‘sh binolari, ko‘chalari va hatto mashinalari yillar davomida tabiat qo‘liga o‘tib ketgan. CNN nashri mana shunday dunyoning eng tashlandiq “arvoh” shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Oradour-Sur-Glan, Fransiya

Sobiq baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan Oradur-Sur-Glan ikkinchi jahon urushini esga soladi. Shaharcha aholisi 1944 yil 10 iyunda fashistlar tomonidan otib o‘ldirilgan. Erkaklar omborxonalarda, ayollar va bolalar qulflangan uyda yondirib yuborilgan. Omon qolib, qochib ketayotganlar otib o‘ldirilgan. Keyinchalik urushning daxshatlarini yoddan ko‘tarmaslik uchun Oradur-Sur-Glan shaharchasi vayrona holatida saqlab qolingan.

Uorram Persi, Buyuk Britaniya

Angliyaning eng mashhur hududi Yorkshirda topilgan Uorram Persi bir vaqtlar noodatiy uylarga to‘la shaharcha bo‘lgan. Chorvachilik bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchi aholi yillar davomida boshqa manzillarga borib qo‘nim topgan. Shu sababli bu makon kimsasiz hududga aylanib qolgan. Shaharcha bugungi kunda dunyo arxeologlari va sayyohlari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Hashima oroli, Yaponiya

1974 yilda tashlab ketilgan Hashima oroli Yaponiyaning Nagasaki qirg‘og‘ida joylashgan. Hashima “Jangovar orol” nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, 1887 yildan 1974 yilgacha ko‘mir qazib olishga ixtisoslashgan tumanga aylangan. Keyinchalik ko‘mirga bo‘lgan talab yo‘qolganligi sababli bu hudud kimsasiz makonga aylangan. Hashima oroli Ikkinchi jahon urushi paytida majburiy mehnat lageriga aylantirilgan.

Kolmanskop, Namibiya

Afrikadagi eng boy shaharlardan biri bo‘lgan Kolmanskop Namib cho‘lining qumlariga botgan binolari bilan mashhurdir. Bu yerdan 1908 yilda olmoslar topilgach, nemis konchilarining katta qismi bu hududga ko‘chib kelgan va 1956 yilda kelib shahar tashlab ketilgan. Kolmanskopda bal zali, kazino va hattoki tramvay tizimi ham bo‘lgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, butun shahar asta-sekin qum ostida abadiy yo‘q bo‘lib ketadi.

Ruby, Arizona

Janubiy Arizonada joylashgan Ruby shaharchasi 1941 yildan beri hech kim istiqomat qilmaydigan hududga aylangan. Meksika chegarasiga yaqin joylashgan bu shahar 1930 yillarda rivojlangan. Aholisi asosan oltin, kumush, qo‘rg‘oshin va rux qazib olish bilan shug‘ullangan. O‘sha paytda shahar aholisi 1200 kishidan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda kelib shaharning yaxshi saqlangan joylari: qamoqxonasi, maktabi va kon g‘orlari kundan-kunga sayyohlarga to‘lib bormoqda.

Kayako‘y, Turkiya

YUNESKO tomonidan “Xalqaro do‘stlik va tinchlik qishlog‘i” sifatida tanilgan Kayako‘y Turkiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan shaharchadir. Aholining bu yerdan ko‘chishi Birinchi jahon urushidan keyin yuz bergan shiddatli mojaro natijasida kelib chiqqan. Gretsiya va Turkiya o‘rtasida bo‘lgan mojaro sabab bu hududga turklar qaytib ko‘chib kelmagan. 

Shuningdek, quyidagi hududlar ham turli sabablarga ko‘ra, tashlandiq holatga kelib qolgan va hozirgacha shunday saqlanadi:

Xotuvan, Xitoy

Belchite, Ispaniya

Krako, Italiya

Bodiye, Kaliforniya

Pripyat, Ukraina

Arltunga, Avstraliya

Varosha, Kipr

Bankhead, Kanada

Hampi, Hindiston

Epekuyen, Argentina

 

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing