Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi. U Buxoro amirligida ham yashagan
Olam
−
29 yanvar 2020 17313 1 daqiqa
Tojikistonda Yer yuzidagi eng keksa ayol — Fotima Mirzoqulova vafot etdi. Uning yoshi 127 da edi. Bu haqda Asht tumani administratsiyasi xabar bermoqda.
Ayolning pasportida u 1893 yilning 13 mart kuni tug‘ilgani qayd etilgan. U ikki marta turmushga chiqqan va sakkiz farzandni dunyoga keltirgan. Uning 200 dan ortiq nevara, evara va chevaralari bor. U uch asr va uch davlatda — Buxoro amirligi, sobiq ittifoq va mustaqil Tojikistonda yashashga ulgurdi.
Britaniyaning Daily Mail nashri yozishicha, Fotima Mirzoqulova agar pasportidagi tug‘ilgani ko‘rsatilgan sanalar to‘g‘ri bo‘lsa, Yer yuzidagi eng keksa ayol hisoblanadi. Ayolning yoshini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar haqida ma’lumot berilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025