Dunyodagi eng katta og‘izli ayol internetni “portlatdi” (video)
Bu qiziq
−
10 noyabr 38739 2 daqiqa
Ayollar orasida eng katta og‘izga ega bo‘lgan inson sifatida rekord o‘rnatgan amerikalik Samanta Ramsdell yana ijtimoiy tarmoqlarda odamlar e’tiborini tortmoqda. Bu safar u ovqatni bir marta tishlashda yuta olishi bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Bu haqda “Metropoles” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi foydalanuvchilar hazil tariqasida uning “stomatologi, albatta, har safar tishlarini juda yaxshi ko‘ra oladi”, deya yozgan. Boshqalar esa videolarning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligiga shubha bildirgan.
Qayd etish joiz, Ramsdellning internetdagi faoliyati 2019 yilda boshlagan va o‘shanda uning atigi 300 ga yaqin obunachisi bo‘lgan. U qo‘shiq hamda hazil videolarini joylashtirgan. Pandemiya davrida esa uning ijodiy va parodiya videolari, xususan, og‘iz imkoniyatlarini namoyish qilgani juda mashhurlikka erishgan.
Samantaning aytishicha, avval bu o‘zgachalik sabab tushkunlikka tushgan, ammo oxir-oqibat buni qabul qilib, o‘ziga xosligini sevishni o‘rgangan. Natijada uning auditoriyasi yarim milliondan oshgan.
Ma’lumot uchun, Samanta Ramsdell AQSH fuqarosi bo‘lib, u ayollar orasida eng katta og‘iz egasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning og‘zi balandligi bo‘yicha 6,52 santimetrga cho‘ziladi. Samanta og‘ziga butun bir olma, bir nechta burger yoki katta porsiya kartoshka frini sig‘dira oladi.
U TikTok’da joylashtirgan komedik parodiyalar va qo‘shiq parodiyalari orqali mashhur bo‘lgan. Internetda mashhurlikka erishishidan oldin esa u sotuvlar bo‘yicha menejer, qo‘shiqchi va komik sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning ayni paytdagi eng baland bo‘yli ayoli Rumeysa Gelgi (bo‘yi 215,16 sm) va eng past bo‘yli Yoti Amge (bo‘yi 62,8 sm) Londonda joylashgan Savoy mehmonxonasida uchrashgandi. Ikki ayol o‘rtasidagi bo‘y farqi 152,36 sm bo‘lishiga qaramay, ular bir-biri bilan yaxshi chiqishgan.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi