Dunyodagi eng katta kiyimlar axlatxonasi qayerdaligi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Dunyodagi eng katta sotilmay qolgan kiyimlar axlatxonasi And tog‘lari va Tinch okeani o‘rtasidagi Atakama cho‘lida joylashgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Modaning tez-tez o‘zgarishi sabab katta hajmda ishlab chiqarilgan turli xildagi kiyimlar har doim ham to‘liq sotilavermaydi. Brendlar bir kolleksiyani sotishga ulgurmay, boshqasini chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Ekologiya uchun bunday "tezkor moda" zararli ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur axlatxonada yig‘ilgan kiyimlarning sintetik matolarida qo‘rg‘oshin, pestitsidlar (odam va hayvonlarning xavfli kasallik tashuvchilarini yo‘q qilish uchun ishlatiladigan zaharli modda) va boshqa son-sanoqsiz kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular parchalanganda ko‘plab zaharli moddalarni chiqaradi. Kiyim ishlab chiqaruvchi brendlar ularning juda oz qismini qayta ishlaydi. Sotilmay qolgan kiyim-kechaklarning aksariyati yuqoridagi “axlatxona”ga olib borib, tashlanadi.

Ta’kidlash joiz, dunyoda har yili 100 milliard dona kiyim ishlab chiqariladi. Moda sanoati chiqindilarining hajmi 92 million tonnani tashkil etadi va ishlab chiqarilgan 10 ta mahsulotdan faqat 1 tasi qayta ishlanadi yoki sotiladi. Qolganlari esa axlat poligonlaridan joy oladi.


Maqola muallifi

Teglar

axlatxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing