Dunyodagi eng katta dengiz parki foydalanishga topshirildi 

Bu qiziq

photo_2023-09-17_21-01-37

Xitoyda dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki – Chjuxay Chimelong ochildi. Bu haqda “Lenta” nashri xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu ulkan park o‘zga sayyoraliklarning kemasi shaklidagi qurilgan. Uning g‘oyasini rejalashtirish uchun 10 yil, qurishga esa 5 yildan ortiq vaqt sarflangan. 

Akvariumda 100 mingdan ortiq dengiz hayvonlari yashaydi. Unda dunyodagi eng katta tabiiy Koral o‘simligi va akvarium oynasi mavjud.

Chimelongning umumiy uzunligi taxminan 650, maydoni esa 400 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bog‘ bir kunda 50 ming kishini qabul qiloladi.

Eslatib o‘tamiz, “Royal Carribian International” kompaniyasi dunyodagi eng katta kruiz (sayohat kemasi)ni foydalanishga topshirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy o'zga sayyoraliklar park Akvarium

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing