Dunyodagi eng baland bino O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan burkandi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyodagi eng baland bino hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor inshootlar O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi. Bu haqdagi foto va videolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati OAV bilan bo‘lishdi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrifi doirasida Dubay shahrida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi. Ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari “Zaabil” saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi. Dubay amiri o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Oldinroq, O‘zbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishilgani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-BAA

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing