Dunyoda yuqumli kasalliklar ko‘payishi kuzatilmoqda – Tadqiqot 

Olam

image

Dunyoda yuqumli kasalliklar, xususan, gripp, ko‘k yo‘tal, sil va qizamiq kabi kasalliklar ko‘payishi kuzatilmoqda. Bu haqda Britaniyaning Airfinity tahliliy kompaniyasi va “Bloomberg” agentligi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga tayanib, BMJ tibbiy jurnali yozmoqda.

60 dan ortiq davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotlaridan foydalangan tadqiqotchilarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2022 yil boshidan buyon 44 mamlakatda 13 ta yuqumli kasallikdan kamida bittasi bilan kasallanish o‘n baravar ko‘paygan, ularning ko‘pchiligida kasallik darajasi COVID-19 pandemiyasigacha qayd etilgan darajadan yuqori.

Airfinity va “Bloomberg” pandemiyadan keyingi yilda (2022 yildan 2024 yil 1 iyungacha) va pandemiyadan oldingi (2017-2019) 13 ta yuqumli kasalliklardan birining qayd etilgan holatlari sonini solishtirdi.

Infeksiyalar ro‘yxatiga suvchechak, vabo, qizamiq, respirator mikoplazmoz, parvovirus B19, A guruhi streptokokk, ko‘k yo‘tal, gripp, respirator sinsitial virus (RSV), 1-turdagi yovvoyi poliovirus, emlash natijasida kelib chiqqan poliovirus va sil kasalligi kiradi. Tadqiqot asosan mamlakatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanadi, shuning uchun uning natijalari ularning kuzatuv va hisobotlariga bog‘liq. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ma’lumotlar haqiqiy vaziyatni aks ettirmasligi mumkin, chunki ko‘plab infeksiyalar asemptomatik bo‘lishi mumkin va tashxis qo‘yilmaydi.

Mualliflar infeksiyaning tarqalishini uchta asosiy omil bilan izohlashadi:

1. Emlash ko‘rsatkichlarining kamayishi. Qizamiq, poliomiyelit, ko‘k yo‘tal, sil kabi infeksiyalarni vaksina yordamida oldini olish mumkin. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanish 3000 foizdan ko‘proqqa oshgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-2021 yillarda mintaqada 931 ming bola rejalashtirilgan emlashni to‘liq yoki qisman o‘tkazib yuborgan.

2. Pandemiya davrida aholi immunitetining umumiy pasayishi. Ijtimoiy o‘zaro munosabatlardagi cheklovlar gripp, respirator sinsitial virus (RSV), respirator mikoplazmoz va A guruhi streptokokk kabi patogenlarning aylanishini bostirdi.
"Bugungi epidemiyalar, asosan, pandemiyadan keyin ko‘proq sezgir populyatsiyalar va testlar va holatlar haqida hisobot berish bilan izohlanishi mumkin", deyiladi tadqiqotda.

Misol uchun, 2023 yilda AQSHda gripp bilan kasallanganlarning umumiy soni 2019 yilga nisbatan 28 foizga ko‘p. Yevropada o‘tgan yili gripp bilan kasallanganlarning umumiy soni 2019 yilga nisbatan 75 foizga ko‘p bo‘lgan.

3. Iqlim o‘zgarishi dang va vabo kabi kasalliklarning tarqalishiga yordam beradi, shuningdek, yangi hududlarga patogenlarning kirib borishini oshiradi.

Dang bilan kasallanishning eng katta o‘sishi Argentinada qayd etilgan: 2019 yildagi 3 220 tadan 2024 yilda 488 035 tagacha - 151 baravar ko‘p. Chivinlar shimolga siljigan sayin janubiy Yevropada ham kasallanish holatlari ko‘paymoqda. Italiyada birinchi mahalliy infeksiya holati 2020 yilda aniqlangan, 2023 yilda esa ularning soni 67 taga ko‘paygan. Fransiyada o‘tgan yili 65 ta dang kasalligi qayd etilgan, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 9 ta bo‘lgan.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yuqumli kasalliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing