Dunyoda koronavirusga qayta chalinganlar orasida ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image

Niderlaniyada dunyoda ilk bor koronavirusga qayta chalingan bemorlar orasida o‘lim qayd etildi. Bu haqda “BNO News” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, gap avval saraton kasalligi aniqlangan 89 yoshli ayol haqida boryapti. Iyul oyida u shifoxonaga olib kelingan va koronavirusga test topshirgan. Natija musbat bo‘lgan. Besh kun o‘tib, infeksiya alomatlari yo‘qolgach, u shifoxonadan chiqarilgan.

Oradan ikki oy o‘tib esa ayol yuqori tana harorati va yo‘tal bilan shifoxonaga olib kelinganda, unda yana koronavirus aniqlangan. Kasallikning sakkizinchi kuni uning ahvoli og‘irlashgan, ikki hafta o‘tib esa vafot etgan. Virusning irsiy izchilligi infeksiya bilan qayta kasallanishni tasdiqlagan.

“BNO News” ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 23 ta qayta kasallanish holati qayd etilgan. Birinchi qayta kasallanish 24 avgust kuni Gonkongda aniqlangan. 20 nafar bemor yana sog‘aygan, ikki nafari muolajalarni olishda davom etyapti.

Ma’lumot uchun, Niderlandiyada ilk koronavirusga chalinish holati 27 fevral kuni aniqlangandi. Ayni vaqtgacha 181 ming odam virus yuqtirgan. 6,5 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing