Dunyoda koronavirusga chalinganlar 6 milliondan oshdi

Olam

image

Dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 6 milliondan oshib ketdi. Worldometers portali ma’lumotlari shunday ko‘rsatmoqda.

Unga ko‘ra, bugun, 30 may soat 10:30 holatiga dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari 6 033 875 taga yetdi. Pandemiya davrida 366 295 kishi vafotetdi va 2 661 212 kishi sog‘aydi.

Hozirda 3 005 769 kishida koronavirus faol holatda. Ularning 2 952 036 () nafarining ahvoli yaxshi, 53 733 (2 foizi) nafari esa og‘ir ahvolda.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda boryapti va boshqa biror davlatning bu borada unga yetib olishi amrimahol. Amerikada 1 793 530 kishida koronavirus aniqlangan. Uning ortidan Braziliya (468 338), Rossiya (387 623), Ispaniya (285 644), Buyuk Britaniya (271 222), Italiya (232 248), Fransiya (186 835), Germaniya (183 019), Hindiston (173 763) va Turkiya (162 120) boryapti.

Bugungacha ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarning 366 894 nafari vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha AQSH (104 542 nafar qurbon), Buyuk Britaniya (38 161), Italiya (33 229), Fransiya (28 714), Braziliya (27 944), Ispaniya (27 121), Belgiya (9 430), Meksika (9 415), Germaniya (8 594) va Eron (7 677) yetakchilik qilyapti.

Jami bemorlarning 2 661 212 nafar sog‘aygan. Bemorlarning sog‘ayishi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga AQSH (519 569 nafar bemor sog‘aygan), Ispaniya (196 958), Braziliya (193 181), Germaniya (164 100), Rossiya (159 257), Italiya (152 844), Turkiya (125 963), Eron (114 931), Hindiston (82 627) va Xitoy (78 302) kirgan.

AQSHning Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar 5 930 035 nafarni tashkil qilyapti.

Hozirda dunyo davlatlari pandemiya sabab o‘rnatilgan cheklovlarni birin-ketin bekor qilyapti. Shu qatori O‘zbekistonda ham karantin cheklovlari biroz yumshatildi. Ammo karantin muddati 15 iyungacha uzaytirildi. Endilikda “yashil” toifaga kiruvchi hududlarda oz sonli mehmonlar bilan to‘y va oialviy marosimlar o‘tkazishga ruxsat berildi. Biroq toifasidan tashqari barcha hududlar uchun saqlab qolinadigan cheklovlar ham tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar