Dunyoda koronavirusga chalinganlar 40 000 000 dan oshib ketdi

Olam

image

Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 40 milliondan oshib ketdi. Worldometers portali ma’lumotiga ko‘ra, hozirda dunyoda 40 287 374 kishi COVID-19 bilan zararlanib ulgurgan.

Shuningdek, koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 1 118 396 nafarga yetdi. 30 121 710 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Virusning sayyora bo‘ylab tarqalishi tezlashgan. Kuniga 300-400 ming yangi bemor aniqlanyapti. Eng ko‘p kasallanish AQSH, Hindiston, Lotin Amerikasi va Yevropa, shu jumladan Rossiyada qayd etilyapti.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH hamon yetkachi. Qo‘shma Shtatlarda 8 387 799 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 224 730 nafari vafot etgan va 5 457 684 nafari sog‘aygan.

Ikkinchi o‘rinda Hindiston bormoqda. Milliarddan ortiq aholiga ega Hindistonda 7 550 273 kishi COVID-19 bilan zararlangan. Ularning 114 642 nafari vafot etib, 6 663 608 nafari sog‘aygan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakat dunyoda yetakchilik qilyapti.

Faxrli uchinchi o‘rinda okeanortidagi boshqa bir davlat Braziliya joy oldi. Lotin Amerikasi mamlakatida 5 235 344 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 153 905 nafari vafot etgan va 4 650 030 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Rossiya koronavirus eng ko‘p tarqalgan to‘rtinchi mamlakat bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1 399 334 kishi virusga chalingan va 1 070 576 nafar odam sog‘aygan. RFda COVID-19 dan o‘lim ko‘rsatkichi boshqalarga qaraganda ancha past. Hozirgacha 24 187 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Beshinchi o‘rinda 989 680 kishi koronavirusga chalingan Argentina qayd etilgan. Janubiy Amerikaning ikkinchi eng yirik mamlakatida 26 267 kishi vafot etgan va 803 965 nafar bemor sog‘aygan.

Bahorda koronavirusning o‘chog‘iga aylangan Ispaniya hozirda oltinchi o‘rinda boryapti. Pireney yarimorolidagi mamlakatda 982 723 kishi virusga chalingan. Ularning 33 775 nafari vafot etgan. Sog‘ayganlar haqida aniq ma’lumot mavjud emas.

Yettinchi o‘rindagi Kolumbiyada 959 572 koronavirusni yuqtirgan. Bu yerda 28 970 bemor vafot etgan va 858 294 nafari sog‘aygan. 

Keyingi o‘rinda Fransiya joylashgan. Faranglar mamlakatida 897 034 kishi COVID-19 ga chalingan. Bemorlarning 33 477 nafari vafot etgan. 104 696 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

868 675 kishi koronavirus yuqtirgan Peru ham dastlabki o‘ntalikka kirgan. Peruda 33 759 kishi virus asoratlaridan vafot etgan va 779 779 kishi sog‘aygan.

Meksika virus tarqalishi bo‘yicha Top-10 talik davlatlarni yakunlab bergan. Yukatan yarimorolida 851 227 kishi koronavirusga chalinib, 86 167 kishida kasallik halokatli yakunlangan. 619 036 kishi esa infeksiyadan sog‘aygan.

So‘nggi sutkada AQSH, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya, Belgiya va Argentinada 10 mingdan ko‘p bemor aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

33

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing