Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar milliondan oshdi

Olam

image

COVID-19 pandemiyai boshlanganidan beri dunyoda koronavirus asoratlari bilan vafot etganlar soni 1 milliondan oshib ketdi. “Worldometer” portali ma’lumotiga ko‘ra, hozirchaga 1 million 2 ming 389 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Shuningdek, dunyoda koronavirusga chalinganlar 33 mln 304 ming 666 nafarga yetdi. Ularning 24 mln 634 ming 298 nafari sog‘aydi.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH (7 321 343), Hindiston (6 073 348) va Braziliya (4 732 309) yetakchilik qilyapti. Rossiyada ham koronavirusga chalinganlar millionlik ko‘rsatkichdan oshgan – 1 151 438 nafar.

AQSHda koronavirusga chalinganlarning 209 453 nafari vafot etgan va 4 560 456 nafari sog‘aygan. 2 551 434 nafar odamda virus hamon aktiv holatda.

Hindistonda 95 574 kishi koronavirusdan vafot etgan va 5 013 367 nafar odam sog‘aygan. 964 407 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayyapti.

Braziliyada 141 776 nafar bemor vafot etgan va 4 060 088 nafari sog‘aygan. Kasallik 530 445 kishida faol holda bo‘lib turibdi.

COVID-19 dan o‘lish koyeffitsenti 1 million sayyora aholisiga 128,6 kishiga to‘g‘ri kelyapti.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 55 401 nafarga yetdi. Ularning 51 965 nafari sog‘aygan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 458 kishi COVID-19 dan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing