Dunyoda koronavirus qurbonlari 800 000 dan oshdi

Olam

image
Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi? JSSTni taxminini aytdi north_east

Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi? JSSTni taxminini aytdi

Dunyoda koronavirus infeksiyasniing tarqalishi borgan sari avj olyapti. Bugun, 22 avgustga kelib butun dunyoda virusni yuqtirib olganlar soni 23 milliondan oshdi. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, virusdan zararlanganlar soni 23 120 802 nafarga yetdi. Dunyo bo‘ylab shifokorlarning harakati bilan 15 714 993 nafar bemorlar ushbu virusdan forig‘ bo‘lishgan. Achinarlisi, 803 213 kishi virusning qurboniga aylandi.

1. Koronavirus kasalligini yuqtirib olishda AQSH hamon yetakchilik qilyapti. Ya’ni, mamlakatda hozirgacha virus bilan kasallanganlar 5 796 727 nafarga yetgan.  Qo‘shma Shtatlarda 179 200 nafar bemor virus sabab hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 3 127 418 kishi kasallikdan butkul sog‘aygan. 

2. AQSHdan keying o‘rinni Braziliya davlati eggalab turibdi. 22 avgustga kelib davlatda virus bilan kasallanish holati 31 391 nafarga oshib, jami virus yuqtirganlar 3 536 488 kishiga yetgan. 113 454 nafar bemor virus qurboniga aylangan, 2 670 755 nafar bemor kasallikni yengib o‘tgan.

3. Tibbiyot sohasida rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiruvchi Hindistonda bir kecha kunduzda virusni yuqtirib olganlar 69 878 nafarga ko‘payib, jami bemorlar 2 975 701 kishiga yetgan. Mamlakatda 55 928 kishi virusdan halok bo‘lgan bo‘lsa, 2 222 577 nafar bemor kasalikdan sog‘aygan.

4. Rossiyada koronavirusga chalinganlar 946 976 nafarga yetgan. RFda o‘lim ko‘rsatgichi boshqa davlatlarga nisbatan kamligini ko‘rish mumkin. Butun pandemiya davrida 16 189 kishi virusdan vafot etgan, 761 330 kishi koronavirusdan butkul forig‘ bo‘lgan.

5. Janubiy Afrika Respublikasi ham yetakchilar qatorida. Mamlakatda virusdan zararlanganlar 603 338 kishiga yetgan. 12 843 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 500 102 kishi virusni yengib o‘tib, sog‘lom hayotga qaytgan.

6. Lotin Amerikasining yana bir mamlakati Peruda ham ahvol kasallanganlar ortib boryapti. So‘nggi sutkada Peruda 9 008 kishida yangi kasallanish holati aniqlangan va jami bemorlar 576 067 nafarga yetgan. 384 908 kishi virusni yengib o‘tgan bo‘lsa, 27 245 nafar bemorlar vafot etgan.

7. Meksika kasallanish darajasi bo‘yicha 7 o‘rinda turibdi. Mamlakatda 549 734 nafar bemorda ushbu virus qayd etilgan. Virus bilan kasallangan bemorlarning 59 610 nafari hayotdan ko‘z yumgan va 376 409 kishi esa butkul sog‘aygan.

8. Kolumbiyada bir kunda bemorlar soni 8 419 nafarga oshib, jami bemorlar 522 138 nafarga yetgan. 348 940 nafar bemor hozirgacha ushbu virusdan sog‘aygan bo‘lsa, 16 568 nafari esa hayotdan ko‘z yumgan.

9. Ma’lum muddat kasallanish reytingida yetakchilik qilgan Ispaniyada 407 879 kishi ushbu virusga chalingan. Hozirgacha 28838 nafar bemor virusning qurboniga aylangan.

10. Kasallanish darajasi bo‘yicha Chili 10-o‘rinni eggaladi. 22 avgustga qadar mamlakatda virus yuqtirib olganlar soni 393 769 kishiga yetgan. Hozirgacha 367 897 kishi virusdan butkul sog‘aygan bo‘lsa, 10 723 kishi koronavirus sabab bu hayot bilan hayrlashgan.

Ushbu reytingda O‘zbekiston 57-o‘rinda turibdi. Mamlakatda 38 221 kishi virusni yuqtirib olgan va 262 nafar bemor vafot etgan. 33 989 nafar bemor esa virusdan butkul sog‘aygan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing