Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi? JSSTni taxminini aytdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus COVID-19 va “ispan grippi” epidemiyasini qiyoslab, hozirgi pandemiyaning qachon tugashini taxmin qildi.

“Bizning vaziyatimizda ko‘plab texnologiyala bor. O‘zaro aloqalar qancha ko‘p bo‘lsa, virus shuncha tez tarqaydi, biroq biz uni to‘xtatadigan texnologiyalarga egamiz. Bir tomondan, globallashuv va juda ulkan o‘zaro aloqalar ko‘rinishidagi kamchiligimiz, ikkinchi tomondan, texnologik ustunligimiz bor. Ushbu pandemiyani ikki yildan kam vaqtda bartaraf etishdan umidvormiz”, dedi Gebreyesus.

O‘z navbatida JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi yetakchisi Mariya Van Kerkxove tashkilot COVID-19 ning mutatsiyalashuvini aniqlash uchun ishchi guruh tuzganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutatsiya kasallik va uning xarakteriga qanday ta’sir qilayotganini aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazish kerak.

JSSTning so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 22,2 million odam kasallangan va 782 mingdan ortig‘i vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus pandemiyasi

Baholaganlar

2221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar