Dunyoda koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqori — JSST 

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqori ekanligini e’lon qildi. So‘nggi bir hafta ichida mutaxassislar COVID-19 bilan kasallangan 2 mln 600 ming 313 bemorni ro‘yxatdan o‘tkazgan.  

Shuningdek, so‘nggi yetti kun ichida 57 ming 603 bemor ushbu kasallikdan vafot etgan, bu avvalgi haftaga nisbatan 10 foizga kam. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning noyabr oyidan beri eng past o‘lim ko‘rsatkichi. 

Ta’kidlanishicha, Yevropada bir hafta ichida 372 mingdan ortiq odam virus yuqtirgan va 6 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Shu bilan birga, JSST koronavirusning “delta” shtammi 96 mamlakatda aniqlanganini ma’lum qilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 182 mln 594 ming 393 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 3 mln 954 ming 22 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing