Dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday? JSST ma’lumot berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni ketma-ket beshinchi haftada ko‘paymoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxov ma’lum qilgan.  

"Hozir biz JSSTning beshta mintaqasidan to‘rttasida kasallik tarqalishi o‘sganini ko‘ryapmiz. Dunyo bo‘ylab o‘sish ketma-ket beshinchi hafta sodir bo‘lmoqda", degan Kerkxov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada o‘sish 8 foizni tashkil etgan. 

Yevropada bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyaning yangi shtammlari tufayli 12 foizni tashkil qilgan. 

Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda koronavirus yuqtirishlar soni 49 foizga ko‘paygan, Hindistonda virus to‘lqini qayd etilgan. 

"Bunday holat bizni xavotirga solmoqda", deb ta’kidlagan ekspert. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, olti hafta davomida dunyoda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holati kamayib borgan. 

Biroq, o‘tgan haftada bu raqamlar yana ko‘tarila boshlagan, bu esa JSSTni tashvishga solmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 124 mln 378 ming 789 ta holat qayd etilgan. 100 mln 358 ming 659 kishi sog‘aygan. 2 mln 737 ming 469 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing