Dunyoda kompyuter savdosi tushib ketdi 

Texnologiya

image

Butun dunyo bo‘ylab stol kompyuteri va noutbuklarni yetkazib berish ikki yil ichida birinchi marta salbiy dinamikani ko‘rsatdi. Bu haqda IDC tahlilchilari 2022 yilning birinchi choragi uchun hisobotida ma’lum qildi.  

Joriy yil boshidagi ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan 5,1 foizga kamaygan. 

“Ta’lim sohasida ham, iste’mol bozorlarida ham biroz pasayish kuzatilmoqda. Biroq, barcha mezonlar tijorat shaxsiy kompyuterlariga talab juda yuqoriligicha qolayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, yaqin kelajakda iste’mol bozori yana o‘sishiga ishonamiz”, degan IDC vitse-prezidenti Rayan Reyt. 

Mutaxassislar yetkazib berishning qisqarishini pandemiyaning oldingi ikki yilidagi bozor to‘yinganligi, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning ayrim komponentlarning mavjudligi bilan bog‘liq muammolari bilan izohlagan. 

Ta’kidlanishicha, shunga qaramay, yetkazib beruvchilar dastlabki uch oy ichida 80 milliondan ortiq kompyuterni jo‘natishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KOMP'YuTER

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar