Dunyoda “katta qarzdor yettilik” paydo bo‘ldi – OAV

Olam

image

Dunyoning yettita yirik iqtisodiyotida yuqori foiz stavkalari sharoitida qarz yuki haddan tashqari oshgan. Bu esa “devalvatsiya dominosi” xavfini yuzaga keltiradi. Bu haqda “Foreign Policy” xabar berdi.

Tadqiqotda aytilishicha, vaziyat 90 yillardagi moliyaviy inqirozlarga o‘xshaydi, ammo “ancha katta miqyosda”. Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va AQSHda davlat qarzi YAIMning 100 foizidan oshgan.

Iqtisodchi Deniel Altman ularni D7 – “katta qarzdor yettilik” deb atadi. Bu nom global ittifoq G7 analogiyasi asosida tanlangan bo‘lib, eng yirik xalqaro qarzdor davlatlar guruhini bildiradi.

“Bunday voqealar ogohlantirishsiz boshlanishi va bosh aylanadigan tezlikda kuchayishi mumkin”, deya ogohlantiradi ekspert.

Uning fikricha, D7 davlatlarining istalgan birida devalvatsiya yuz bersa, bu “uchta iqtisodiy mexanizm” sabab qolganlariga ham tarqaladi.

Birinchisi – bu “qo‘shnini vayron qil” degan klassik siyosat bo‘lib, unda inqirozga qarshi choralar bir mamlakatda qabul qilinadi, ammo uning qo‘shni davlatlarga salbiy ta’siri hisobga olinmaydi.

Ikkinchisi – investorlarning xatti-harakatiga bog‘liq bo‘lib, bunda ular xavflarni qayta baholaydi va portfellarini qayta ko‘rib chiqadi. Masalan, AQSH dollarining qadrsizlanishi yuz bersa, investitsiya fondlari boshqaruvchilari Kanada aktivlarini sotishni boshlaydi.

Uchinchisi – Markaziy banklarning o‘z valyuta zaxiralari tuzilmasiga taalluqli bo‘lib, bu zaxiralarning bir qismi boshqa mamlakat valyutalarida ifodalanadi. Shu bois ulardan birining qadrsizlanishi avtomatik ravishda umumiy valyuta zaxiralari hajmini kamaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

katta qarzdor ettilik D7 deval'vatsiya dominosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar