Dunyoda kasallanish bo‘yicha haftalik rekord yangilandi
Olam
−
04 noyabr 2020
3642Dunyoda o‘tgan haftada koronavirusga chalinganlar soni 3,3 mlnga ko‘paydi. Bu pandemiya boshidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘limlar umumiy soni 45 mingdan ko‘proqqa ortgan. O‘tgan hafta undan bir hafta oldingiga nisbatan 9 mingta ko‘proq o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Tashkilotining ta’kidlashicha, kasallanish Yevropada ko‘paygan. O‘tgan haftadan jami kasallanishlarning yarmi (1,7 mln) shu hudud hissasiga to‘g‘ri keladi. Mintaqada o‘limlar soni ham ko‘paygan.
Haftalik o‘sish bo‘ycha avvalgi rekord 19 oktyabrdan 25 oktyabrgacha davrda qayd etilgandi va 2,8 mln holatda virus aniqlangan.
Shimoliy Amerikada 26 oktyabrdan 1 noyabrgacha davrda 999 mingdan ko‘proq kasallanish holati, 17 mingdan ko‘proq o‘lim qayd etilgan. Bu mintaqada umumiy hisobda kasallanganlar soni 20 mlndan, o‘limlar soni 639 mingdan oshdi. Yevropada kasallanganlar soni 1,7 mlnga ko‘paydi va jami 11 mlnga yetdi. hafta davomida 17 ming kishi vafot etgan, jami qurbonlar 285 mingga yetgan. Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida hafta davomida 381 ming kasallanish qayd etildi, jami kasallanganlar 9 mlnga yetdi. o‘limlar soni 144 mingga ko‘paydi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusga chalinganlar soni 47,8 mlndan oshdi, o‘limlar soni 1,22 mlntani tashkil qilmoqda.