Dunyoda ilk bor koronavirusni aniqlaydigan genetik test ixtiro qilindi

Salomatlik

image

Nufuzli "Albert Eynshteyn" klinikasi koronavirusni aniqlash uchun dunyodagi birinchi genetik testni ishlab chiqdi. Bu haqda kecha, 21 may kuni G1 portali ma’lum qildi.

Axborot manbasiga ko‘ra, yuqori aniqlikdagi tahlil Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (PCT) xalqaro patent tizimida AQSHda patentlandi va iyun oyidan boshlab infeksiyani tashxislash uchun taqdim etiladi. Braziliyalik olimlarning ushbu ishlanmsi kasallikni aniqlash uchun DNKning kichik qismlarini tahlil qiladigan yangi avlod sekvestr texnologiyasiga asoslangan.

Ishlab chiquvchilarga ko‘ra, test 100 foiz aniqlikka ega va soxta-ijobiy natijalarni olish imkoniyatini istisno qiladi. Shu bilan birga, uning samaradorligini hozirgi kunda koronavirusni aniqlash uchun ishlatiladigan PSR-testi bilan taqqoslash mumkin. Bundan tashqari, bu ommaviy diagnostika uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan birinchi genetik testdir. Chunki u bir vaqtning o‘zida 1536 namunani tekshirish uchun ishlatilishi mumkin - bu PSR-testidan 16 marta ko‘p degani.

Biyomaterial sifatida tupuk yoki burun suyuыligidan foydalanish mumkin. Xulosalar uch kunda chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

shenetik test

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar