Dunyoda go‘yo vaqt to‘xtagandek... (foto+video)

Bu qiziq

Koronavirus sabab dunyo huvillab qoldi. Qachonlardir avtomobillar bilan gavjum ko‘chalar, kulgilarga to‘lgan xiyobonlar, tinimsiz qaynagan ishxonalar, xullas, odamlar bilan fayzli maskanlarning barchasi huvillab qoldi. Go‘yo yer yuzi chuqur bir tin olgandek, shovqinlardan charchab, holi qolishni istagandek. Ko‘zimiz o‘rganib qolgan doimiy manzara o‘rnini egallagan bugungi sokin va kimsasiz panorama kishida ajabtovur ruhiy holatni yuzaga chiqaradi.

1. Nyu-York, AQSH. Eng gavjum ko‘chalardan biri bugun kimsasiz. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 32 308 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. 678 bemor vafot etgan.

2. Seul, Janubiy Koreya. Mamlakatda koronavirus juda tez sur’atda yoyildi. Ammo hukumat tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar tufayli, infeksiya qisman jilovlandi.

3. Shanxay, Xitoy. Infeksiyaga chalingan xitoyliklar soni kundan-kun pasayib bormoqda. Mamlakatdagi ayrim muassasalar faoliyati tiklanmoqda. Jamoat transportlari ham ishga tushmoqda. Ammo baribir mamlakatdagi kasallik sabab xavf saqlanib qolmoqda.

4. Rio-de-Janeyro, Braziliya. Shaharda ilk bor fevral oyida infeksiya holati aniqlangan edi. Shundan beri kasallanganlar soni ortib bormoqda. Rio sayyohlar uchun butkul yopilgan.

5. Rim, Italiya. Mamlakat bugun koronavirus sabab qiyin ahvolga tushib qolgan. Yevropa davlatlari orasida eng ko‘p infeksiya yuqtirgan aholi Italiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

6. Vashington, AQSH. Sayyohlar bilan doim gavjum bo‘lgan “Linkoln memoriali” bugun huvillab qolgan.

7. Praga, Chexiya. 30 mart holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2817 nafarni tashkil qilmoqda. Infeksiya oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

8. Dakar, Senegal. 30 mart holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilingan.

9. Lima, Peru. 30 mart holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus sabab 18 kishi olamdan o‘tdi.

10. Singapur. Mamlakat koronavirusga qarshi jiddiy kurashmoqda. Karantinga rioya etish qat’iylashtirildi. Qoidani buzgan ulkan jarima bilan birga, fuqarolikdan ham ayrilib qolishi mumkin.

11. London, Buyuk Britaniya. Qirollik ham koronavirus balosidan chetda qolmadi. U hatto mamlakat Bosh vaziri Boris Jonsonga ham ta’sir qildi. Hukumat rahbari ayni paytda karantinda.

12. Bryussel, Belgiya. Hukumat tomonidan mamlakatda izolyatsiya choralari 19 aprelgacha uzaytirildi.

13. Barselona, Ispaniya. Bir vaqtlar gavjum bo‘lgan, hozirda bo‘sh qolgan ko‘chada istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakili musiqa bilan o‘zini ovutmoqda.

14. Moskva, Rossiya. “Qizil maydon” ham kimsasiz huvillab qolgan.

15. Toshkent, O‘zbekiston. Koronavirus sabab mamlakatda qator cheklovlar joriy qilindi. Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi gavjum ko‘chalardan biri, bugun odamlarsiz bo‘m-bo‘sh.

Shu o‘rinda ulug‘ bir allomaning quyidagi gaplarini keltirib o‘tishni lozim topdik: "Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Xayr bo‘ladi, baraka bo‘ladi".


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing