Dunyoda birinchi havosiz shinalar yaratildi
Texnologiya
−
21 Sentabr 2023
7558NASA tomonidan dunyodagi birinchi yengil va havosiz velosiped shinalari ishlab chiqildi va ular “The Smart Tire” kompaniyasi tomonidan erda ham amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda “Kickstarter” nashri xabar berdi.
Velosiped haydovchilarining eng keng tarqalgan muammolardan biri – shinalarning teshilishi va undagi havoning chiqib ketishidir. Yangi shinalarning boshqa ekvivalentlaridan ustunligi shundaki, ular shaklini ushlab turishi, harakatlanish uchun havo bosimini talab qilmasligi hamda xuddi pnevmatik shinalar kabi silliq harakatlanishidir. Shuningdek, ular ancha chidamliligi bilan ham ajralib turadi. Shuninigdek, bu transport vositasining xizmat qilish muddatini uzaytirish xususiyatiga ega.
Yirik shina kompaniyalari havosiz mahsulotlardan butunlay voz kechgan. Chunki havosiz g‘ildiraklar bilan haydash qo‘pol bo‘lib, pedal bosish uchun ko‘proq energiya talab etadi. “The Smart Tire” kompaniyasi esa bu holatga ularning shina tayyorlashda noto‘g‘ri mahsulotdan foydalanishi sababligini aytdi.
“Ular kauchuk va plastmassa davrida qolib ketgan eskicha materiallardan foydalanmoqda”, dedi kompaniya.
Ma’lumotlarga ko‘ra, havosiz shinalar METL deb nomlanadi va ular nitinol deb nomlangan zamonaviy materialdan tayyorlanadi. Bu yengil, juda moslashuvchan metall bo‘lib, kauchuk kabi cho‘ziladi, lekin titan kabi kuchli. U bir zumda asl shakliga qaytadi.
Bundan tashqari, ushbu material kosmosdagi ekstremal muhitlar uchun ishlab chiqilgani sababli, Yerdagi har qanday harorat o‘zgarishi shinalarning mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Vifa kompaniyasiga tegishli ChatMini dunyodagi birinchi ChatGPT’ga asoslangan kolonkaga aylangan edi.
LiveBarchasi