Dunyo bo‘ylab savodsiz bolalar ko‘paymoqda

Bu qiziq

image

Dunyoda 635 million maktab yoshidagi bolalar o‘qish imkoniyatiga ega emas, past va o‘rta daromadli mamlakatlardagi o‘n yoshli bolalarning 70 foizi hattoki oddiy matnni o‘qish va tushunish imkoniyatiga ega emas. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ta’lim dasturlari direktori Robert Jenkins  ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyadan oldin o‘rta va past daromadli mamlakatlarda yashovchi 10 yoshli bolalarning 53 foizi yaxshi o‘qiy olmagan va hatto savodxonlik hamda yozish ko‘nikmalarining minimal darajasidan ham ortda qolgan edi.

“Eng himoyasiz oilalarning farzandlarida masofadan turib o‘rganish imkoniyatlari ancha kam edi. Bunday o‘qish usuli ularda yoki umuman mavjud emas edi, yoki bolalarda zarur gadjetlar, hatto radio yoki televizor yo‘q edi”, deydi Jenkins.

UNICEF vakilining so‘zlariga ko‘ra, COVID-19'ning ma’lum bir hududda tarqalishida maktablar katta rol o‘ynamaydi va maktablarda ko‘rilgan epidemiologik chora-tadbirlar o‘z samarasini bergan. 

Jenkins, shuningdek, ayrim ta’lim ekspertlarining hozirgi inqiroz ta’lim tizimini global miqyosda isloh qilish imkoniyatini taqdim etishi haqidagi fikrlariga to‘xtalib o‘tdi.

“Afsuski, pandemiyadan oldin ham zarur bo‘lgan bu innovatsiyalarning barchasi hamma joyda ham tatbiq etilmayapti. Mavjud imkoniyatlarni qo‘ldan boy berib qo‘ysak va maktablar qayta ochilganda, bolalar bunday ikki yil avval bo‘lgani kabi sharoitga qaytishi juda achinarli bo‘ladi”, deya ta’kidladi BMT vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing