Dunyo yangi pandemiya xavfidan ogohlantirildi
Salomatlik
−
02 mart 2023
16549Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili odamlar o‘rtasida tarqalib ketish ehtimoli bo‘lgani uchun dunyoni parranda grippi pandemiyasi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda epidemiolog Richard Pibodi "El Pais" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Virus (parranda grippi) odamdan odamga va barqaror tarzda tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lib, yangi pandemiya keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotir bor. Biz bunga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", deydi mutaxassis.
Pibodining ta’kidlashicha, ilmiy hamjamiyat viruslarni kuzatmoqda va agar kerak bo‘lsa, vaksinalar ishlab chiqadi. Uning ta’kidlashicha, parranda grippining yangi epidemiyasi A (H5N1) virusining maxsus turi tomonidan qo‘zg‘atilgan.
Epidemiolog, ayniqsa, parrandachilarni himoya qilish masalasida hushyor bo‘lishni tavsiya qildi, shuningdek, o‘lik yoki o‘layotgan qushlarni, shuningdek, boshqa hayvonlarni olmaslikka chaqirdi.
LiveBarchasi