Dunyo uchinchi jahon urushi yoqasida turibdi – sobiq Prezident

Olam

image

Polshaning sobiq Prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy dunyo “xavfsiz betartiblik” holatiga tushib qolgani va hozir uchinchi jahon urushi yoqasida turganini aytib o‘tdi. U mazkur fikrlarni "Polsat" nashriga bergan intervyusida bayon etgan. 

"Ukrainadagi urush boshlanganidan beri dunyo keskin o‘zgardi. Bu eski davrning oxiri va yangi, noma’lum davrning boshlanishi edi", deya qayd etdi Kvasnevskiy.

Uning fikricha, eski dunyo tartibining yo‘qolishiga, shuningdek, Jo Baydenning AQSH Prezidenti etib saylanishi hamda Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ham sabab bo‘lgan. 

Sobiq Prezidentning ta’kidlashicha, har qanday mayda mojaro global miqyosga aylanib ketishi mumkin.

"Uchinchi jahon urushi boshlanishi haqida gapirayotganimizning o‘zi dahshatli, ammo biz uchun bu haqiqiy imkoniyat", deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya-Ukraina urushi joriy yilning 24-fevralidan beri davom etib kelmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing