Dunyo smartfon bozorida Samsung Huawei'dan yana oldinga chiqib oldi
Texnologiya
−
01 Oktabr 2020
6401Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasi smartfonlar sotish bo‘yicha joriy yilning avgustida o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisi bo‘lgan Xitoyning Huawei firmasidan o‘zib ketdi. U dunyodagi eng ko‘p smartfon yetkazib beruvchi korporatsiya bo‘ldi.
Aprel oyida Hindistonda qattiq karantin joriy etilgani sababli Samsung smartfonlarining sotilishi sezilarli darajada kamaygan. Shunda Janubiy Koreya mahsulotlarining jahon bozoridagi ulushi 20 foizni tashkil etgan. O‘sha paytda Huawei'ning bozordagi ulushi 21 foizni, Apple'niki 12 foizni, Xiaomi'niki esa 8 foizni tashkil etgan.
Biroq, Hindistondagi epidemik vaziyat va iqtisodiy faollikning barqarorlashuvi fonida kompaniya o‘z holatini yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan.
Huawei'ning asosiy bozori bo‘lgan Xitoyda pandemiyaga qarshi choralar ko‘rilgani sababli komapaniya smartfonlari savdosi tushib ketgan. Bu ham o‘z navbatida Samsung foydasiga xizmat qilgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, hozirda Samsung smartfonlar bozorining 22 foizini egallab, Huawei'dan 6 foiz oldinga chiqib olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning ikkinchi choragi oxirida dunyo smartfon bozorining yetakchilari Samsung va Apple o‘z o‘rnini xitoylik raqobatchisi - Huawei'ga bo‘shatib bergandi.
LiveBarchasi