Dunyo aholisining o‘sish tezligi ilk bor 1 foizdan pasaydi
Olam
−
11 iyul 2022
47061950 yilda statistika yuritish boshlanganidan beri birinchi marta dunyo aholisining o‘sishi yiliga bir foizdan pastga tushdi. Bu haqda Germaniyaning “Yer aholisi” (Stiftung Weltbevölkerung) jamg‘armasi ma’lum qildi.
Mutaxassislar BMT demografik statistikasini tahlil qilib, aholining o‘sish ko‘rsatkichi 0,8 foizni tashkil etmoqda degan xulosaga kelishgan. Shu bilan birga, dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish 2019 yilga nisbatan 1,8 yilga qisqarib, 71 yoshgacha tushgan. Bu, birinchi navbatda, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq, deya tushuntirgan fond tahlilchilari.
Bu pasayish global demografik tendensiyalarning o‘zgarishini anglatmaydi, deb ta’kidlaydi hisob-kitoblar mualliflari. Mutlaq ma’noda Yer aholisining ko‘payishi davom etmoqda – hozir sayyorada 7 977 000 000 kishi istiqomat qiladi. Demograflar bashorat qilishicha, 15 noyabrga qadar odamlar soni sakkiz milliardga yetadi.
Qayd etilishicha, Hozirda dunyo aholisi yiliga qariyb 66 million kishiga yoki kuniga 180 000 kishiga oshib bormoqda. Hozirgi prognozga ko‘ra, aholi soni 2080-yillarda 10,4 milliard kishiga yetadi. Aholining jadal o‘sishi, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug‘ilishning yuqori darajasi bilan bog‘liq.
“Global janub”da ko‘plab ayollar hali ham o‘zlari xohlaganidan ko‘proq farzand ko‘rishmoqda. Buni, masalan, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlarida tug‘ilishning yuqori darajasi tasdiqlaydi”, deydi fondning boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Angela Ber.
Mintaqada har bir ayolga o‘rtacha 4,6 bola to‘g‘ri keladi, bu esa dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p. Berning fikricha, jinsiy ta’limning yetishmasligi buning asosiy sababi hisoblanadi.
LiveBarchasi