Dubaydan tortib Parijgacha... Gulnora Karimovaning qayerda qanday mulki bo‘lgan?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova dunyoning badavlat xonimlari ro‘yxatidan rasman o‘rin olmagan bo‘lsa-da, unga tegishli qimmatbaho mol-mulklar oz emas. 

Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishi ma’lumotlarida qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd 394,1 mln AQSH dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘lari aniqlangan, shu jumladan:
 
Shveysariyada – 777,8 mln AQSH dollari miqdorida pul mablag‘lari va Koloni shahrida narxi 18,5 mln frank bo‘lgan ko‘chmas mulk (villa);
 
Shvetsiyada – 30 mln AQSH dollari miqdorida pul mablag‘lari;
 
Buyuk Britaniyada – 4,2 mln funt miqdorida pul mablag‘lari, London shahrida umumiy narxi 22,9 mln funtlik uy-joylar, kvartiralar va villalar;
 
Fransiyaning Parij shahrida – kvartiralar va “Shato de Grussi” qasri, Santrope shahrida – villa (umumiy narxi 52,5 mln yevro);
 
Latviyada – 16,5 mln AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, Riga shahrida park hududidagi umumiy narxi 9 mln yevro bo‘lgan ko‘ngilochar markaz;
 
Irlandiyada – 300 mln AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar;
 
Malta orolida – narxi 48,8 mln AQSH dollari bo‘lgan samolyot;
 
Germaniyada – 2 mln yevro miqdoridagi pul mablag‘lari;
 
Ispaniyada – 82 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari;
 
Rossiyada – 6 mln AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, umumiy narxi 2 mln AQSH dollari bo‘lgan Moskva shahri “Kamelot” turar joy kompleksidagi “pentxaus”, “Rublevka” massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksi, turar joy va yer uchastkasi;
 
Gonkongda – 67 mln AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, “The Arch” osmono‘par binosida narxi 15 mln AQSH dollari bo‘lgan “pentxaus”;
 
Birlashgan Arab Amirligida – 32 mln AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, 31,5 mln AQSH dollari miqdoridagi oltin va oltin sertifikatlari, Dubay shahrida umumiy narxi 67,4 mln AQSH dollari bo‘lgan “pentxaus”, 2 ta villa va 2 ta mehmonxona komplekslari aniqlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing