Dubay valiahdi O‘zbekistonda ov qildi (foto)

Jamiyat

image

Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum O‘zbekistonga keldi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirgan.

BAA shahzodasi Hamdan ibn Muhammad lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib kelganini taxmin qilish qiyin emas. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.

Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.

Ma’lumot uchun, Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda tuvaloqlarni saqlash va ko‘paytirish markazi bor. Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

796

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing