Dubay valiahdi O‘zbekistonda lochin bilan ov qildi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2019
13498Joriy yilning 13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Shahzoda Hamdan ibn Muhammad lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib keldi. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.
#Uzbekistan Trip#Fazza pic.twitter.com/34jYp9ohgl
— قروب فزاع (@groupfazza) 16 oktyabrya 2019 g.
Hamdan ibn Muhammad boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi. Shahzoda Navoiydagi safari tasvirga tushirilgan videolavhani Twitter sahifasiga joyladi.
Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.
LiveBarchasi