Dubay valiahd shahzodasi Telegram rahbari bilan uchrashdi
Texnologiya
−
06 fevral 2021
7997Dubay valiahd shahzodasi (Birlashgan Arab Amirliklari, BAA) shayx Xamdan bin Muhammad bin Rashid Al-Maktum Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri veb-saytida joylashtirilgan xabarda aytilgan.
“Texnologiya kelajakni belgilab bermoqda. Ushbu muhim sektorga mas’ul bo‘lganlar bilan uchrashib, bizni birlashtirgan konstruktiv hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish yo‘llarini muhokama qilish va aniqlashdan mamnunmiz”, deydi Shayx Xamdan.
Durov, o‘z navbatida, suhbatdoshga dinamik texnologik jamiyatni yaratishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
“Dubay – rivojlangan infratuzilmasi va moslashuvchan qonunchiligi tufayli rivojlanayotgan kompaniyalar uchun jozibali iqlimni ta’minlagan kelajak shahri, bu uni turli millat iste’dodlari va o‘sishga intilayotgan turli sohalardagi yangi kompaniyalar uchun muhim markazga aylantirdi”, deya ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Telegram messenjeri 2021 yil yanvarida TikTok va WhatsApp’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylandi.
LiveBarchasi