DTM keyingi yildan testlarni yana katta binolarda o‘tkazishni rejalashtiryapti 

Jamiyat

image

Joriy yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari pandemiya sababli ochiq maydonlarda o‘tkazilishi test sinovlarida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Bunda imtihon topshirayotgan barcha abituriyentlarni kuzatish qiyin bo‘lgan. Davlat test markazi keyingi yillardan kirish imtihonlarini yana kata sig‘imdagi binolarda o‘tkazish rajlashtirmoqda. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

“Ochiq maydonlarda o‘tkazilgan test sinovlarida ma’lum qiyinchiliklarga duch keldik. Yopiq binolarda o‘tkazilgan test sinovlarida besh yuz yoki ming kishini bemalol kuzatish imkoni bor edi. 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan test sinovlari yo‘laklarda o‘tkazilgani sabab 300 yoki 500 metrgacha bo‘lgan yo‘laklarni nazorat qilish bir muncha qiyin bo‘ldi. Ammo, bu yirik maydonlarda nazorat yaxshi bo‘lmadi degani emas. Kelgusi yillarda test sinovlarini yana o‘sha yopiq, kata sig‘imli binolarda o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Barno Rajabov.

Ma’lum bo‘lishicha, imtihon kunlari ob-havoning o‘zgaruvchanligi, yomg‘ir yog‘ishi va kuchli shamol bo‘lishi ham bir qancha noqulayliklar keltirib chiqargan. Viloyatlarda yog‘ingarchilik kuzatilgani sabab abituriyentlar testlarni topshirishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Shuningdek, ularga ajratilgan partalarni quruq asrash ham bir qancha qiyinchiliklar keltirib chiqargan. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik sabab test sinovlarini boshqa vaqtga ko‘chirishga ham to‘g‘ri kelingan.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari jarayoniga 63 mingdan ziyod abituriyent ishtirok etmagan. 1 187 nafari esa turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing