Dronlardan qonunga xilof ravishda foydalangan shaxslar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi
Jamiyat
−
03 may 2019 9015 1 daqiqa
Joriy yilning 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.
Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.
Mazkur harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust