Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 12 oktyabr kuni Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi.

Ma’lumot uchun, Doniyor Qodirov muqaddam IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan, 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2021 yil yanvarida prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan, 2023-yil avgustida shu soha bo‘yicha maslahatchiga aylangandi.

2025 yil iyulida esa Prezident maslahatchisi lavozimini tark etgan va hozirgacha Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari lavozimida ishlayotgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing