Doniyor Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi inspeksiyaga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
09 mart 2019
7047O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Doniyor Baxtiyorovich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.
1975 yil 5 iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1992-1997 yy. - Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tahsil olgan. Doniyor Ahmedov 2016 yildan bugungacha “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Inspeksiya davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar tomonidan temir yo‘l transporti sohasida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.