“Don yo‘li”ni to‘sgan Rossiya Afrikaga shafqat qilmoqchi
Olam
−
31 Oktabr 2022
8767Rasmiy Moskvaning don bitimidagi ishtiroki to‘xtatilganidan keyin Rossiya ko‘plab Afrika mamlakatlari rahbariyati bilan aloqa o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov ma’lum qildi.
“Albatta, biz oziq-ovqat va o‘g‘itlar yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar, ayniqsa, Afrika mamlakatlari rahbariyati bilan aloqadamiz. Bunday aloqalar davom etmoqda va davom etadi”, deydi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya don kelishuvidagi ishtiroki to‘xtatilganidan keyin Afrika davlatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
"Men shunday deb o‘ylayman. Albatta, ular hamma narsani yaxshi tushunishadi. Ularning ma’lumotlari bor, elchixonamiz juda faol ishlamoqda. Moskvada Afrika elchilariga hamma narsani muntazam ravishda tushuntiryapmiz”, deydi Bogdanov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi