Don shartnomasidan chiqish Rossiyaga qimmatga tushadi – Sallivan
Olam
−
17 iyul 2023
11273AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan don shartnomasidan chiqish Rossiyaga qimmatga tushishini aytdi. Bu haqda u “CBC News” telekanalining “Face the Nation” ko‘rsatuvida gapirib o‘tgan.
“Agar Rossiya don bitimini uzaytirishdan bosh tortsa, butun dunyodan, jumladan, Janubiy Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlarini arzon narxlarda zarur oziq-ovqat bilan ta’minlashdan yuz o‘girganini aytadi”, deydi Sallivan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgani uchun katta diplomatik badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
“Vashington har qanday ssenariyga tayyor va bu masalada Ukraina tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, deydi AQSH milliy xavfsizlik maslahatchisi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 22 iyul kuni Istanbulda xalqaro bozorlarga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar to‘plami (Don kelishuvi) imzolangan. Dastlab shartnomalar 120 kunga tuzilgan bo‘lsa, 2022 yilning noyabr oyida ular xuddi shu muddatga uzaytirilgan. Shu yilning 18 may kuni Rossiya kelishuv muddatini 60 kunga, ya’ni 17 iyulga qadar uzaytirishini e’lon qilib, bu vaqt BMT bilan imzolangan memorandumning bajarilishini baholash uchun yetarli bo‘lishini ogohlantirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi barcha kelishuvlar paketidan faqat Qora dengiz tashabbusi amalga oshirilayotganini, Rossiya Federatsiyasi va BMT memorandumi doirasida hech narsa qilinmaganini ta’kidlagan. 30 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hozircha kelishuvlarni uzaytirish tarafdori hech qanday sabab ko‘rmayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti don bo‘yicha kelishuv uzaytirilishi yoki uzaytirilishi haqida hozircha ma’lumotga ega emasligini bildirgandi. Ammo Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya rahbari Vladimir Putin don shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Bundan oldin Putin don bitimi doirasida Rossiya uchun hech narsa qilinmagani, bu bir tomonlama o‘yin ekanini aytgandi.
Shuningdek, avvalroq TASS agentligi manbalariga tayanib, don shartnomasini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror so‘nggi daqiqada qabul qilinishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi