Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
29 yanvar 3112 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 30,12 so‘mga oshdi va 12 199,10 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 2,93 so‘mga pasaydi va 14 585,24 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,6 so‘mga oshdi va 160,49 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,48 so‘mga oshdi va 1756,50 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 114 ming 600 so‘mga oshdi va 2 mln 172 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 29 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 22 mln 709 ming 227 so‘mga tushgan va 1 mlrd 71 mln 108 ming 797 so‘m etib belgilangan.