Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
12 dekabr 2024 10370 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,57 so‘mga tushdi va 12 860,09 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 5,72 so‘mga oshib, 13 515,95 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,50 so‘mga tushib, 123,64 so‘mni tashkil etdi.