Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:07 1326 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,82 so‘mga oshdi va 12 035,22 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 84,09 so‘mga ko‘tarildi va 13 912,15 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 4,08 so‘mga balandladi va 167,87 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,68 so‘mga oshdi va 1770,92 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 9 ming 500 so‘mga pasaydi va 1 mln 844 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 9 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 1 mln 959 ming 26 so‘mga tushdi va 755 mln 244 ming 390 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi