Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:08 1742 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 43,38 so‘mga ko‘tarildi va 12 212,79 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 51,19 so‘mga oshdi va 14 411,09 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,57 so‘mga oshdi va 159,52 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,28 so‘mga ko‘tarildi va 1767,74 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming 800 so‘mga tushdi va 2 mln 5 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 20 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 281 ming 305 so‘mga oshgan va 829 mln 207 ming 12 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi