Dollarning rasmiy kursi keskin pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 54,6 so‘mga tushdi va 12 220,98 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 96,68 so‘mga pasaydi va 14 495,30 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,71 so‘mga tushdi va 158,38 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 9,8 so‘mga pasaydi va 1768,93 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 14 ming 900 so‘mga tushdi va 2 mln 52 ming so‘mni tashkil qildi. 

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 13 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 89 ming 800 so‘mga tushgan va 817 mln 579 ming 100 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing