Dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 500 so‘mdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 19 yanvardan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 500 so‘m 81 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 61 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 682 so‘m 88 tiyinga baholanib, 113 so‘m 28 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 37 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 142 so‘m 66 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing