Dollarga raqobatchi valyuta e’lon qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikalik milliarder, Bridgewater investitsiya fondi asoschisi Rey Dalio Xitoy yuani dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan valyutalardan biriga aylanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.  

Unga ko‘ra, keyingi bir necha yil ichida dunyoda yuanning roli juda oshadi. 

“Ishonamanki, kelajakda odamlar valyutalarni o‘zlari tanlaydi va ularning eng raqobatbardoshlari eng kuchli iqtisodiy poydevorga egalari bo‘ladi. Bu ko‘plab mamlakatlar uchun tahdidga aylanadi”, degan Dalio. 

Shuningdek, Dalio AQSH iqtisodiyoti nafaqat Xitoy yuanining kuchayishi tufayli, balki ichki muammolar, jumladan amerikaliklarning qarzi o‘sishi oqibatida ham jar yoqasiga kelib qolishi mumkinligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar yuan'

Baholaganlar

759

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing